Liviyaning Beng‘ozi shahri yaqinidagi "Benina" xalqaro aeroporti 15 iyul kuni tijorat parvozlari uchun ochildi. U 3 yil avval shahardagi qurolli to‘qnashuvlar sababli yopilgan edi. Bu haqda Reyter agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk parvoz poytaxt Tripoliga amalga oshirilgan. Bundan tashqari, mamlakat janubi-g‘arbidagi Kufra hamda Iordaniya poytaxti Amma shahriga ham parvozlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Tunisga, u orqali Turkiya (Istanbul), Misr (Iskandariya) va Liviya g‘arbidagi Zintan shaharlariga ham havo qatnovlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Havo qatnovlarini ikkita davlat kompaniyasi — Libyan Airlines va Afriqiyah Airways aviakompaniyalari amalga oshirmoqda. "Benina" aeroporti yopilganidan so‘ng, yo‘lovchilar Beng‘ozidan 4 soat uzoqlikda bo‘lgan "Al-Abrak" aeroportiga borishlariga to‘g‘ri kelayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi