Toshkent aeroportida samolyot ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Guruhdagi xabarlarga ilova qilingan fotosuratlarda CIP-toifadagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi yirik avtobus, foydalanuvchilar taxminiga ko‘ra, Boeing deb taxmin qilingan samolyot motoriga borib urilgan.
Foydalanuvchilarning yozishicha, katta ehtimol bilan, avtobus haydovchisi motorni o‘chirmay va qo‘l tormozini ko‘tarmay avtobusdan tushgan, avtobus esa o‘zi harakatlanib ketib, samolyotga borib urilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroporti yoki “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hech qanday bayonot yoki izoh berganicha yo‘q. Hodisa natijasida jabrlanganlar bormi-yo‘qmi, noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi
Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi