23:00 / 10.05.2024
100

Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi

Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi
Foto: Reuters
BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Afg‘oniston bo‘ylab uch million bola to‘yib ovqatlanmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, ular to‘yib ovqatlanmaydigan har uch boladan faqat birini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Jahon oziq-ovqat dasturi Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan yordamning qisqarishi ta’siri bolalarda jiddiy sezilishi, ularning ahvolini hal qilishda barqaror moliyalashtirish muhim ekanini ta’kidladi.

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Afg‘onistonda 23,7 million odam gumanitar yordamga muhtoj, biroq ular atigi 17 millionga yaqin odamga yordam bera oladi.

Avvalroq Jahon oziq-ovqat dasturi Afg‘oniston aholisining uchdan biri ocharchilik yoqasida ekanini ma’lum qilgandi. Qo‘shni respublikada qashshoqlik va ochlik keng tarqalmoqda.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, ochlik afg‘on aholisini pul va oziq-ovqat topishning muqobil yo‘llarini izlashga majbur qiladi, bulardan eng tez va osoni — jinoyat, ya’ni giyohvand moddalar savdosi, talonchilik va terrorizmdir. Ushbu ssenariy ekstremistik kayfiyatning kuchayishi uchun qulay zamin yaratadi, bu esa keyinchalik Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar, Xitoydan tortib Markaziy Osiyogacha bo‘lgan mamlakatlarda vaziyatning keskinlashuviga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi