20:33 / 10.05.2024
158

Vatandoshlaridan yordamini ayamaydigan Bollivud yulduzlari

Vatandoshlaridan yordamini ayamaydigan Bollivud yulduzlari
Hind kinosida ko‘plab mashhur aktyorlar bor, ular xayriya ishlarida faol. Ammo ulardan ba’zilari jamiyatda yaxshilik namunasini yaratish orqali ijtimoiy jihatdan yordam berishga jiddiy kirishgan.

Akshay Kumar

Akshay Kumar — Bollivudning yetakchi aktyorlaridan biri, xayriya ishlari bilan ham tanilgan. Akshay Kumar Maharashtraning Maratvada hududida qurg‘oqchilik bo‘lganida o‘z joniga qasd qilgan yoki juda katta qarzga botgan fermer oilalariga moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Bundan tashqari, u ko‘plab ijtimoiy loyihalarga homiylik qilishi bilan ham tanilgan.

Dipika Padukone

Bir vaqtlar o‘zi ham depressiyadan azob chekkan Dipika Padukone shu muammoga duch kelgan, lekin jiddiy qabul qilinmagan minglab odamlarga yordam berishga qaror qiladi. Tashvish yoki depressiyaga duchor bo‘lgan odamlar uchun maxsus mo‘ljallangan Live Love Laugh Foundation fondiga asos solgan.

Sonu Sud

Sonu Sud ishchi-migrantlarga tug‘ilgan shaharlariga xavfsiz yetib olishda yordam bergan. U mingdan ortiq talaba va ishchilarga to‘siqsiz ta’lim olishlari uchun velosipedlar ham tarqatgan.

Nandita Das

Nandita Das — Leapfrog nomli nodavlat tashkilotning asoschilaridan biri, uning maqsadi turli sohalarda ijtimoiy xabardorlik g‘oyasini ijobiy uslubda yetkazishni niyat qilgan qisqa klip va filmlar yaratish. Bundan tashqari, u yaqinda Dark is beautiful (“Qora ham chiroyli”) deb nomlangan kampaniyani ishga tushirdi, bu loyiha qorachadan kelgan odamlar haqidagi eski qarashni inkor qilish maqsadida amalga oshirilgan.

Shabana Azmi

Shabana Azmi har doim ijtimoiy faol sifatida tanilgan, uning asosiy maqsadi — ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini, ularning xavfsizligini kengaytirishdir. U turli platformalardan (onlayn/oflayn) foydalangan, kampaniyalarda ishtirok etgan va o‘zining bir nechta filmlarida buni ommaga namoyish etgan. Shuningdek, u OITS bilan bog‘liq stereotiplarga qarshi kampaniya ham olib borgan.

Nana Patekar

Nana Patekar Maharashtrada qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rgan oilalar va jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun NAAM Foundation nomli ijtimoiy ta’minot guruhiga asos solgan. Bundan tashqari, u shu hodisada vafot etgan fermerlarning bevalariga moliyaviy yordam sifatida pul xayriya qilgan.

Diya Mirza

Diya Mirza nafaqat aktrisa sifatida tanilgan, balki Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Hindiston vakili sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha Hindistonning elchisi hisoblanadi. U tozalikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, yovvoyi tabiatni himoya qilish guruhlarida va nodavlat tashkilotlarida ko‘plab kampaniyalarda ishtirok etgan. Uning asosiy maqsadi jamiyatga atrof-muhitning zararlanish manbalarini ma’lum qilish bo‘lgan.

Milind Soman

Milind Soman va Rima Sanghay ko‘krak bezi saratoni kabi ayollar salomatligi masalalari bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotga asos solgan. Ijtimoiy tashkilotning nomi Pinkathon, bu yerda sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni turli xil fitnes mashqlari orqali samarali davolash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vatandoshlaridan yordamini ayamaydigan Bollivud yulduzlari