22:36 / 10.05.2024
1 072

AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi

AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi
Foto: WBRZ
ASHning Luiziana shtatida Kelvin Elvis ismli bola millionerni boshpanasiz muhtoj inson deb o‘ylab, unga bor pulini berib yubordi, deb yozadi “Pravila jizni” nashri.

Voqea mart oyida sodir bo‘lgan. 42 yoshli sport tovarlar do‘koni egasi va teleko‘rsatuvlar yulduzi Mettyu Basbis ertalab qahva ichish va tinch va gavjum bo‘lmagan joyda ibodat qilish uchun kafega kelgan edi.

Kafega kiraverish qismidagi terassada hech kim yo‘q edi, shuning uchun Mettyu burchakda turib, kepkasini yechdi va ko‘zlarini yumib, ichida ibodat qila boshladi. Kafe oldidan o‘tib ketayotgan yosh Kelvin uni kambag‘al va uysiz odam deb o‘yladi. So‘ng oldiga kelib, qo‘lidagi bir dollarni uzatdi:

Kechirasiz, janob, siz uysiz qoldingizmi? Agar shunday bo‘lsa, mana, bu pul sizga. Oling!” — dedi bolakay.

9 yoshli Kelvin har doim muhtoj insonlarga yordam berishni istashi, ammo doim ham buning imkoni bo‘lmasligini aytib berdi. U bu yerga kelishdan avval ota-onasidan yaxshi baholari uchun bir dollar olgan edi.

Foto: WBRZ
Begona insonga nisbatan bunday saxiylik va mehribonlikka javoban Metyu Kelvinni nonushta bilan siylashga va uning otasiga kofe sotib olishga qaror qildi. Keyinroq bolani o‘zining sport mollari do‘koniga taklif qildi va Kelvinga istagan narsasini olish uchun 40 soniya vaqt berdi. Shunday qilib Kelvin yangi velosipedli bo‘ldi.

Bu voqeadan so‘ng hayotda haqiqiy insoniylik tuyg‘usini yo‘qotmaganlar ham borligiga amin bo‘ldim”, — deydi Mettyu Basbis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi