21:00 / 10.05.2024
102

Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi

Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi
Foto: CNN
Islandiyada atmosferani tozalash uchun dunyodagi eng yirik “changyutgich zavod” ish boshladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik zavod kosmik kema yoki ulkan robot changyutgichning simbioziga o‘xshaydi. Korxona “Mamont” deb nomlangan va Islandiyada Shveysariyaning Climeworks kompaniyasi tomonidan qurilgan.

Mazkur tashkilot avval ham orolda shunga o‘xshash 10 barobar kichikroq zavod qurgan. U 2021 yilda ishga tushirilgan.

Foto: CNN
Ekologik tozalash zavodi ulkan changyutgich kabi ishlaydi: u atmosfera havosini o‘ziga tortib, undan uglerodni tozalaydi. Uglerod keyinchalik yer ostiga yuborilishi, qayta ishlatilishi yoki qattiq jismga aylantirilishi mumkin.

Atmosferani tozalash jarayoni Islandiyaning ekologik toza geotermal energiyasi bilan ta’minlanadi. Bu hech qanday uglerod emissiyasini o‘z ichiga olmaydi.

Foto: CNN
Zavod qurilishi 2022 yil iyun oyida boshlangan. “Mamont” dvigatellari to‘liq quvvatda ishlasa, yiliga atmosferadan 36 tonnaga yaqin uglerodni o‘zlashtira oladi. Bu bir yilda 7800 ga yaqin benzinli avtomobil ajratadigan gaz miqdoriga teng.

Iqlim muammosi barcha davlatlar uchun dolzarbligicha qolmoqda. Qayd etilishicha, 2023 yilda atmosferada global isishga sabab bo‘lgan karbonat angidrid konsentratsiyasi rekord darajaga yetgan.

Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi barcha uglerodni tozalash zavodlari va inshootlari yiliga atigi 0,01 million tonna uglerodni olib tashlashga qodir. 2030 yilga kelib yillik ko‘rsatkichni 70 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi