20:09 / 10.05.2024
407

Qon tomirlari uchun xavfli bo‘lgan 3 mahsulot

Qon tomirlari uchun xavfli bo‘lgan 3 mahsulot
Foto: Getty Images
Shakar, tuz va non mahsulotlarini me’yordan ortiq iste’mol qilishning zararlari haqida turli manbalardan tez-tez o‘qib turamiz. Shakarsiz hayot immunitetni ko‘tarishi, tishlar salomatligini yaxshilashi hamda qondagi glyukoza miqdorini me’yorlashtirishi barchaga ma’lum.

Ammo shunday mahsulotlar borki, kundalik hayotda ularning zarariga e’tibor bermasdan iste’mol qilamiz. Ular yurak va qon tomirlar umumiy salomatligiga xavf tug‘diradi.

Birinchidan, turli shirin pishiriqlar, bulochkalar, oshirma xamir va shakardan tayyorlangan non mahsulotlari tarkibidagi ortiqcha shakar va yog‘ tufayli zararli mahsulotlar sirasiga kiradi.

Ikkinchidan, turli murabbolar, jem, qiyom kabi shirinliklar ham qon tomirlari uchun xavfli mahsulotlardandir. Meva va rezavorlardan murabbo uy sharoitida tayyorlanganiga qaramay, undagi shakar miqdori juda yuqoridir.

Shuningdek, uchinchi o‘rindagi zararli mahsulotga shirin yogurtlar ham kiradi. Ayniqsa, ichida meva bo‘lakchalari mavjud bo‘lgan yogurtlarda fruktoza miqdori ko‘pdir. Shu sababli shirin yogurt parhezbop hisoblanmaydi va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda yordam bermaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qon tomirlari uchun xavfli bo‘lgan 3 mahsulot