16:20 / 10.05.2024
642

Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi

Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi
23 aprel kuni Jahongir Otajonov plastik operatsiyalarga ruju qo‘ygan ayollarga tanbeh ma’nosidagi “Kachayte” deb nomlangan qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni YouTube'ga joyladi. Xonandaning klipdagi obrazi ko‘pchilikning tanqidiy fikrlariga sabab bo‘ldi. Jahongir Otajonov jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusida ushbu qo‘shiq yaratish fikri qanday kelgani haqida so‘zlab berdi.

“Kachayte” — bu afsus. Qizlarimiz operatsiyalardan zarar ko‘rmasin. Klipda shunaqa “epatajniy” ishlasam, odamlarning e’tiborini tortadi, deb o‘yladim. Chunki qo‘shiq rus tilida, rus tilini bilmaydiganlar unda nima haqida gap ketayotganini harakatlarimdan bilishini xohladim. Boshida tinglovchilar meni so‘ksa ham, keyinchalik foydasi bo‘ladi, deb o‘yladim. Qo‘shiqning tizeri chiqqanidan so‘ng shu zahoti menga la’natlar yog‘ila boshladi. Shunday bo‘lishini bilardim. Tanqidlarni o‘rinsiz deb bilaman. Qo‘shiq orqali men hech narsani o‘zgartira olmayman. Lekin buning zararli ekanligini kimdir aytishi kerak. Bu menga Allohning oldida foydali. To‘ylarda shu qo‘shiqni so‘rashyapti, prinsip qilib aytmayapman. Bu mening prinsipimga qarshi bo‘ladi. Odamlar o‘ynayveradi, lekin bu qo‘shiqni u maqsadda kuylamadim.

Shuningdek, xonanda intervyularidan birida “Artist” loyihasida Ozoda Nursaidova va Munisa Rizayeva hakam sifatida yoshlarning qo‘shiq kuylashini baholayotgani yuzasidan bildirgan tanqidiy fikrlari uchun Ozoda Nursaidova undan xafa bo‘lgani haqida ham so‘zlab berdi.

Ozoda bilan munosabatimiz nimaga bu ahvolga kelganiga hayronman. Intervyuda pop janridan o‘ta olmaydigan xonandalar deb faqat uni emas, o‘zimni ham aytdim. Ko‘rsatuv hakamligiga musiqashunoslarni, masalan, Oydin Abdullayevani chaqirish kerak, deganman. Bu gapimni u shaxsiyatga tegish deb tushundi, lekin men xalqimizning musiqasi sifatli bo‘lishi tarafdoriman. Vaqt ko‘rsatadi kimning kim ekanligini. Agarda men Ozodaga nisbatan ichi qoralik qilgan bo‘lsam, uni ham hisobini Allohning oldida beraman, kerak bo‘lsa hayotda ham ko‘rinadi.

Jurnalistning “Konsertiga borasizmi? Vaqtida sizning konsertingizga kelgan, birga duet aytgansizlar?”, degan savoliga xonanda quyidagicha javob berdi:

Yo‘q bormayman. Muxlis emasman, chunki. Duetdosh sifatida taklif qilsa, albatta borardim. Men ham uni konsertimga duetdosh sifatida taklif qilganman. U mening musiqalarimni eshitadi, deb o‘ylamayman. Chunki hamma san’atkorning o‘zi eshitadigan musiqasi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi