15:12 / 10.05.2024
1 145

Maryam Tillayeva kelajagini O‘zbekistonda ko‘rmasligi haqida so‘zlab berdi

Maryam Tillayeva kelajagini O‘zbekistonda ko‘rmasligi haqida so‘zlab berdi
Insta bloger Maryam Tillayeva “Woman.ru” nashriga bergan intervyusida kelajagini qanday tasavvur qilishi hamda ota-onasining ko‘magisiz qanday kun kechirayotgani haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram
— Hozirda AQSHda hujjatlarni rasmiylashtirish va narsalaringizni to‘plash bilan bandsiz, keyingi rejalaringiz qanday?
— O‘zbekistonga qaytishni rejalashtiryapman. Turli tanlovlarda g‘olib bo‘lganimda berilgan medallar, diplomlar solingan qutilarim juda ko‘p. Men ularni buvimnikiga olib borib qo‘ymoqchiman. Oilam bilan vaqt o‘tkazib keyin esa ishga qaytaman.

— Qaysi mamlakatda yashab, karyerangizni rivojlantirmoqchisiz?
— O‘ylashimcha Rossiya, shuningdek, Yevropada ham karyeramni rivojlantirish uchun katta potensial bor. O‘zbekistonga kelsak, afsuski, kino yoki televideniye sohasida rivojlanish uchun kerakli infratuzilmalar yo‘q. Agar imkon bo‘lganida men O‘zbekistonda qolardim.

— Yangi, mustaqil hayot boshlashingizda eng qiyini nima bo‘ldi?
— Moliyaviy hujjatdan qulash eng qiyini bo‘ldi. Chunki men ota-onamga, ularning moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashiga suyanib qolgandim. Hozir esa faqat o‘zimga suyanaman. Shaxsiy jetda yoki oddiy samolyotda uchishning farqi bor. Lekin men nolimayman, mustaqillik muhimroq. Qachonlardir men osmonda uchib yuradigan, do‘mboqqina, o‘ziga ishonchi past qizaloq edim. Atrofdagilarning yaxshi munosabati va do‘stligini sotib oladigan qizcha edim. Hozir hamma narsaga real qarashim kerakligini tushunaman. Omadsiz turmushim uchun, hayotimda bo‘layotgan barcha hodisalar uchun minnatdorman. Atrofimdagi ba’zi boyvachcha tanishlarimga qarab, ular o‘zligini yo‘qotib qo‘yganini anglayman. Hamma narsang ortig‘i bilan bo‘lsa, nimaga intilishni bilmaysan va shunchaki o‘zingni yo‘qotib qo‘yasan.

Foto: Instagram
— Hozirgi kunda eng yaqin insonlaringiz kim?
— Yordamchim, buvim va yigitim — men har kuni muloqot qiladigan uch inson hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maryam Tillayeva kelajagini O‘zbekistonda ko‘rmasligi haqida so‘zlab berdi