21:47 / 10.05.2024
140

Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud

Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud
Joriy yilning 13-14 may kunlari Samarqand shahrida "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tadi.

Belarus ayollar ittifoqi raisi Olga Shpilevskaya O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan mazkur forum haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida eng katta ulushga ega davlatlar Osiyo mintaqasida joylashgani bois ushbu forumdagi ishtirokimiz biz uchun muhim. Sababi biz bu davlatlar qanchalik jadal rivojlanayotganini ko‘rib turibmiz. Biz ular yutuqlarini sog‘liqni saqlash, innovatsiyalar sohalarida ham, ayrim texnologik yechimlarda ham ko‘rib turibmiz. Shu bois tajriba almashish juda foydali deb hisoblaymiz.

Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud. Belorus va O‘zbekiston tadbirkor ayollar forumi hali xotiramizda, unda aniq shartnomalar imzolandi. Bizning do‘stona munosabatlarimiz allaqachon ishbilarmonlik va hamkorlik doirasidan chetga chiqqan.

Forum 10 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir soha keng doirada muhokama qilinadi. Bunga gender tenglik va xotin-qizlarning iqtisodiyotdagi, davlat boshqaruvidagi, jamiyat hayotidagi ishtiroki, atrof-muhit va oilaviy muammolari kiradi. Bularning barchasi ayollar uchun manfaatlidir. Shu bois, o‘ylaymanki, bu tajriba almashish va muloqotlar barcha mamlakat ayollari uchun foydali va muhim bo‘ladi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Kamalovnaga ushbu forumga Belarus ayollar ittifoqini taklif qilgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Belarus xotin-qizlarining sizlar bilan bo‘lishmoqchi bo‘lgan ma’lumotlari yetarlicha. Chunki bizning jamoatchilik faoliyatimiz va jamoat tashkilotimiz mutlaqo barcha davlat organlari vakillari: biznes va sog‘liqni saqlash vakillarini o‘z ichiga olgan tashkilot hisoblanadi. Va bugungi kunda Belarus ayollarining davlat boshqaruvidagi ishtiroki katta, shuning uchun biz o‘z tajribamiz bilan o‘rtoqlashishdan mamnunmiz. Davlatimiz rahbarining o‘zi ayollar prezidenti ekanini aytganini hisobga olsak, Belarusda ayollar harakati qanchalik qo‘llab-quvvatlanayotganini tushunamiz
", - deydi Olga Shpilevskaya.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud