O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning 3 maydagi (6 may kuni e’lon qilingan) buyrug‘i bilan avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari), elektromobillar va mototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun oshirilgan to‘lovlar kamaytirilishi belgilandi.
1 apreldan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish stavkalari 68 baravarga – BHMning 10 foizidan (34 ming so‘m) 6,84 BHMga (2,32 million so‘m) va elektromobillar uchun 15 baravarga (1,5 BHM yoki 540 ming so‘m) oshgandi. Tarif ko‘tarilganidan so‘ng avtomashinani ro‘yxatdan o‘tkazish narxi qariyb 5 million so‘mgacha oshdi.
Yangi tartib bilan avtomobillar va elektromobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar yana BHMning 10 foizigacha qisqartirildi. Shu bilan birga, ro‘yxatga olish to‘lovi (oddiy avtomobillar uchun 6,84 BHM va elektromobillar uchun 1,5 BHM) o‘zgarmadi.
Ichki ishlar vazirligi va Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi avtomashinalarni ro‘yxatga olish stavkalari oshishi sabablarini hozircha izohlamadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi