Oliy Majlik Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi davomida duputatlar iqtisodni erkinlashtiradigan, xususiy mulk va tadbirkorlar manfaatini himoya qiladigan bir necha qonun loyihasini ishlab chiqishdi, deb xabar qilmoqda "Diydoraziz" nashri.
O‘zbekiston prezidentining 5 oktyabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish maqsadida Oliy Majlik deputatlari yangi qonun loyihasi ishlab chiqmoqdalar. Xususan, yangi qonun loyihasi, birinchi bor qonun buzgan tadbirkorlarni turli jinoiy va ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish, o‘z faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmagan holda boshlagan tadbirkorlarni javobgarlika tortmaslik, tadbirkorlarni lisenziyasidan mahrum qilish holatlarini bekor qilish kabi huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, tadbirkorlarni himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Jinoyat kodeksi, Ma’muriy qoidabuzarliklar kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa bir necha qonunlarga ham taaluqli o‘zgarishlar kiritilishi rejalashtirilgan.
Deputatlar “Nafaqa bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi qonun, “Tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari va kafolati to‘g‘risida”gi, “Intellektual mulk to‘g‘risida”gi va “Alohida faoliyat turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlarga ham o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirgan.
Ushbu o‘zgarishlar intellektual mulk egalarini himoya qilishi, halol raqobatni ta’minlashi, tovar belgilarini ro‘yxatga olishi kabi tadbirkorlikning muhim yo‘nalishlarini himoya qilishga qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi