Shu kunlarda Samarqandga tashrif buyurgan «Lukoyl» neft kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda "Diydoraziz.uz" sayti yozmoqda.
Mehmon Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzaev hamrohligida Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi. «Lukoyl»kompaniyasi rahbari Islom Karimovni hech shubhasiz mustaqil O‘zbekistonning asoschisi deya atash mumkinligini e’tirof etdi va Karimov o‘z davlatni boshqarishda o‘zining yorqin iqtisodiy bilimlarini namoyish etgan holda ona vatan ravnaqi uchun ulkan ishlarni amalga oshirganini qayd etdi.
«Lukoyl» kompaniyasining O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishtiroki, «Uzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik loyihani amalga oshirishi aynan Islom Karimovning tashabbusi bilan bo‘lgan, deb yoziladi nashrda.
Vagit Alekperov Samarqandga tashrifi doirasida Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Doniyol payg‘ambar qabri va va boshqa diqqatga sazovor joylarni borib ko‘rdi hamda «Samarqand-Buxoro ipak gilami» qo‘shma korxonasining faoliyati bilan tanishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi