Chechenistonda ro‘y bergan yirik YTHdan so‘ng spirtli ichimliklar sotiluvchi barcha savdo nuqtalari yopildi, deb xabar qildi Checheniston parlamenti raisi, YTHni oldini olish tezkor shtabi rahbari Magomed Daudov.
“Kavkaz” trassasida yuz bergan so‘nggi avtohalokatdan so‘ng alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan ishbilarmonlar o‘z faoliyatidan ixtiyoriy ravishda voz kechishdi”, - dedi Daudov respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan yig‘ilish chog‘ida.
Parlament spikerining so‘zlariga ko‘ra, Chechenistonda spirtli ichimliklarni sotishga mo‘ljallangan 20 ta savdo nuqtasi bo‘lgan. “Endi hududda alkogol sotiluvchi bironta do‘kon yo‘q”, - dedi Daudov.
Qodirovning ta’kidlashicha, mast holatda rulga o‘tirgan haydovchi eng qattiq jazoga tortilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, respublika rahbarining o‘zi noyabr oxirlarida ro‘y bergan mudhish YTH haqida xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Chechenistondagi “Kavkaz” federal trassasida mast holda bo‘lgan Ford haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Lada Priora bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda etti kishi, jumladan ikki nafar voyaga etmagan bola halok bo‘lgan, yana ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi