AQSh Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabriklab, uning mamlakatda islohotlar o‘tkazishi va hududda barqarorlikni saqlab qolishiga umid bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Biz Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston yangi prezidenti etib saylanishi bilan tabriklaymiz. O‘zbekiston o‘z rivojlanish yo‘lining yangi bosqichiga o‘tar ekan, hududda barqarorlik saqlanib qolishiga va mamlakatda keng ko‘lamli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishiga umid qilib qolamiz», — dedi Toner.
«Bizning elchixona bir qator kuzatuvlar amalga oshirdi», — deb qo‘shimcha qildi Toner, ularning natijalariga aniqlik kiritmasdan.
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonda yakunlangan prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev 88,61 % ovoz to‘plab ishonchli g‘alaba qozondi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi