O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘iga asosan, ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilarini 2016 yilning 28 dekabridan 2017 yilning 10 yanvariga qadar qishki ta’tilga chiqarish belgilandi.
Avvalroq 1-5 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan qisqa muddatli ta’til e’lon qilingani haqida xabar bergan edik. Ta’til oliy ta’lim muassasalari mehnat jamoasi va talaba-yoshlarining Konstitusion huquqlaridan kelib chiqib, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarida doimiy yashash joylaridan ishtirok etishlariga sharoit yaratish maqsadida joriy etilgan edi.
Qo‘shimcha ta’til e’lon qilingani munosabati bilan talabalar orasida qishki ta’til qisqartirilishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Biroq yuqoridagi buyruqdan ma’lumki, qishki ta’til har yildagidek o‘zgarishsiz qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi