To‘qqiz sportchi, jumladan 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarining olti nafar medalchisi takroriy doping-namunalari tahlilidan so‘ng chetlashtirildi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi saytida xabar berilgan, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.
Chorshanba kuni XOQ eng zamonaviy ilmiy tahlil usullari orqali takroriy tekshiruvda doping namunalari ijobiy natija bergan sportchilarga nisbatan sanksiya qo‘lladi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Soslan Tigievda taqiqlangan turinabol (4-xlorodegidrometiltestosteron) moddasi topildi.
Shuningdek, Olimpiada-2008 medallaridan qozog‘istonlik Taymuraz Tigiev, ukrainalik og‘ir atletikachi Olga Korobka, beloruslik og‘ir atletikachi Andrey Rыbakov, beloruslik og‘ir atletikachi Anastasiya Novikova hamda rossiyalik yugurish ustasi Ekaterina Volkovalar mahrum etildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval XOQ Pekin va Londondagi Olimpiya o‘yinlarida olingan doping-namunalarini ikki marotaba qayta tekshiruvdan o‘tkazgandi. Uning doirasida 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Artur Taymazov oltin medaldan mahrum etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi