Jorjiya texnologiyalar universiteti (AQSh) mutaxassislari mushuk tilining tuzilishini patentlab qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
The Washington Post nashrining bildirishicha, Aleksis Noel boshchiligidagi olimlar guruhi katta hajmli printer yordamida mushuk tilining to‘rt barobar kattalashtirilgan modelini tayyorlab, uni AQSh fizika jamiyatining Portlenddagi (Oregon shtati) bo‘linmasi yig‘ilishida namoyish qildi.
Olimlarning fikricha, mushuk tili keratinli ilmoqlar bilan qoplangan bo‘lib, yungni tarash va chigalni yozish uchun juda yaxshi moslashgan. Mushuk badanini yalaganida uning tili bir paytda to‘rt yo‘nalishda harakatlanadi. Mushukning tilini o‘ziga xos taroq desa ham bo‘ladi.
Noel va uning hamkasblari xuddi shu shakldagi mexanik qurilma turli sohalarda asqatishi mumkin deb hisoblamoqda. Ular, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalardan tashqari, tibbiy muolaja xonalarini nazarda tutmoqda.
Bundan tashqari, ushbu mexanizm tor joylarda harakatlana oladigan robotlar konstruksiyasida qo‘llanilishi mumkin. Bunday robotlar, o‘z navbatida, jarrohlik amaliyotlarida va qutqaruv operasiyalarida ishtirok etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi