Texaslik (AQSh) juftlik Apple korporasiyasini YTHga aloqadorlikda ayblamoqda. Ushbu YTHda ularning besh yashar qizi halok bo‘lgan edi, deb xabar beradi «Daryo».
23 dekabr kuni Kaliforniya oliy sudiga kiritilgan da’vo arizasiga ko‘ra, Jeyms va Betani Modisett kompaniyani FaceTime’ning xavfsiz muqobilini yarata olmaganlikda aybdor deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, ularning fikricha, kompaniya haydovchilarni mazkur dastur ayrim vaziyatlarda xavf tug‘dirishidan ogohlantirmagan.
2014 yilgi Rojdestvo arafasida Dallas shahri yaqinida YTH ro‘y berdi. Modisett oilasining avtomobilida, juftlikdan tashqari, ularning ikki qizi ham bor edi. Ularning ortidan kelayotgan avtomobil haydovchisi Garrett Vilxelm FaceTime orqali suhbatga berilib ketgan, buning oqibatida uning Toyota 4Runner mashinasi katta tezlikda Modisettlar oilasi mashinasiga urildi. Barcha oila a’zolari jarohat oldi, ammo qizlardan birini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi