6 448
1000 dan ortiq shahar reys avtobuslari Beeline SIM-kartali GPS-trekerlar bilan ta’minlandi
2 iyun 2015, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Beeline Business va Unitar korxona «Toshtransdispetcherxizmat» o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi to‘g‘risida xabar beradi. Shartnomaviy kelishuvlar doirasida, GPS (Global Positioning System) trekerlar Beeline SIM-kartalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular transport vositasining turgan joyini aniq belgilash uchun ma’lumotlarni qabul qilishga va yuborishga imkoniyat beradi.
«Bizning Beeline bilan hamkorligimiz 2010 yildan boshlab davom etmoqda, va biz ushbu loyihani innovasion mobil operatori bilan boshlaganimizdan xursand bo‘ldik, – deb izoh beradi «Toshtransdispetcherxizmat» UK bo‘limining boshlig‘i Sarvar Pozilov. – Er ustidagi jamoat transportini ishonchli mobil aloqaga ega zamonaviy navigasiya tizimi bilan ta’minlar ekanmiz, biz uning xarakatlanishini masofada doimiy tarzda monitoring qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz».
Bugungi kunda Beeline aloqasi bilan, 123 ta shahar yo‘nalishlarida xarakatlanayotgan, mingdan ortiq yo‘lovchi tashish avtobuslaridagi GPS-trekerlar ta’minlangan.
«Texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda aloqa imkoniyatlarining kengayishi infratuzilmani yanada qulay qilishga imkon beradi, – deb gapiradi Unitel tijorat direktori Maksim Efremov. – Biz ushbu loyihada qiziqish bilan ishtirok etmoqdamiz, va bizning azalgi hamkorimiz Beeline‘ga tizimning ishlashini ta’minlashni ishonganidan juda mamnunmiz». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi