Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev va O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov mamlakatlar o‘rtasidagi mavjud muammolarni hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu haqida Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.
Abdulaziz Komilov juma kuni bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegasiyasi rahbari sifatida Bishkekka tashrif buyurdi. Komilov Qirg‘iziston prezidenti bilan kechgan uchrashuvda O‘zbekistonning qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini o‘zaro hurmat va qo‘shnichilik an’analariga tayangan holda ijobiy notalarda boshlashga tayyor ekanini bildirdi.
"Qirg‘iziston va O‘zbekiston munosabatlarini faollashtirishda tomonlarning manfaatdorligi va mamlakatlar o‘rtasidagi muammolarni konstruktiv muloqot yo‘li orqali hal qilishga jiddiy siyosiy yondashuv mavjudligi tasdiqlandi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek TIV rahbari Abdulaziz Komilov Atambaevga O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini etkazdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi