Toshkent shahri haydovchilari O‘zbekiston hukumati rahbariyatidan poytaxt ko‘chalaridagi harakatlanish qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida yangi petisiyani e’lon qilishdi. Facebook tarmog‘ining «Voditeli Tashkenta» ijtimoiy guruhi ushbu petisiya matnini joylashtirdi, deb yozadi Kun nashri.
«Hurmatli, Shavkat Miromonovich, barcha o‘zbekistonliklar nomidan O‘zbekistondagi yo‘l harakati qatnashchilariga qulay sharoitlar barpo qilish, aniqrog‘i, yo‘llardagi, ayniqsa tartibga solinmaydigan chorrahalar hamda qayrilib olish joylarida ikki tomonlama harakatlanish chog‘ida haydovchilar, yo‘lovchilar uchun yo‘l kengligi bo‘ylab ko‘rinishni yaxshilashda yordam berishingizni so‘rayman», — deyiladi petisiyada.
Gap qarama-qarshi transport vositalari oqimlarini ajratib turuvchi to‘siqlar haqida bormoqda. U o‘zining konstruksiyasi bilan qatnov qismini haydovchi va yo‘lovchi tomonidan to‘liq nazorat qilishga imkon bermaydi. Buning oqibatida, ko‘plab YTH yuz bermoqda. Bularning aksariyatiga haydovchilarning to‘siq narigi tomonidan kelayotgan yo‘lovchilarni so‘nggi lahzada ko‘rib qolishi yoki qayrilayotgan avtomobil qarshi yo‘nalishda kelayotgan transport vositasini oldinroq ilg‘ay olmayotgani sabab bo‘lmoqda.
«Muhimi shuki, yo‘lni ko‘rish har joyda yaxshi bo‘lishi kerak, qatnovning ikki tomoni va har bir ishtirokchi uchun», — deb yozgan petisiya muallifi Artyom Malikov. Uning o‘zi bu muammoni hal etish uchun yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlarni to‘liq yoki qisman olib tashlashni taklif qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi