Respublikada faoliyat yuritayotgan banklardan birining Samarqand viloyati Payariq tumanidagi boshqaruvchisi bir qator jinoyatlarda ayblanib mahkamaga tortildi.
“Huquq” nashrining bildirishicha, ismi oshkor etilmagan bank mansabdori o‘nlab fuqarolar tomonidan omonat sifatida bankka topshirilgan 152 million so‘m mablag‘ni hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan o‘zlashtirgan.
“Katta miqdordagi tekin pullar jig‘ildoniga moydek yoqayotgan boshqaruvchi” kredit to‘lovi sifatida topshirilgan millionlab mablag‘ni ham talon-taroj qilgan. Bundan tashqari, mansabdor bank xazinasida saqlanayotgan 362 million so‘m va 63,5 ming AQSh dollarini qoplarga joylab olib chiqib ketgan. Bank boshqaruvchisi amalga oshirgan jinoyatlarni uzoq davom ettirish mumkin”, deb yozadi gazeta.
Mazkur bank boshqaruvchisi sud tomonidan 7 yil muddatga ozodlikdan hamda 3 yil rahbarlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi