Arktikaning Kanada nazorati ostida bo‘lgan qismida okean tubidan sirli shovqin kelmoqda. Mutaxassislar buning nima ekanligini va uning sabablarini ayta olishmayapti, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Kanadalik jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, tovush Kanadaning qit’adagi qismidan 120 km uzoqlikda joylashgan Fyuri-end-Xekl bo‘g‘ozidan kelmoqda. Shovqin uzoq vaqtdan beri yangramoqda va bu hududdagi baliq va jonzotlarni hurkitmoqda, deb aytildi xabarda.
"Bu joy yoz mavsumidagi asosiy ov joylaridan hisoblanadi. Biroq bu yozda bu erda deyarli hech qanday o‘lja bo‘lmadi", deb aytdi mahalliy qonunchilik yig‘ilishi a’zosi.
CBC News’ning qo‘shimcha qilishicha, sirli shovqinga birinchi bo‘lib mahalliy aholi e’tibor qaratgan. Ular bu haqda milliy xavfsizlik departamentiga xabar berishgan. Endi bu shovqinning kelib chiqishini aniqlash bilan Kanada qurolli kuchlari shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi