Tailand janubida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Mamlakat iqlimshunoslik departamenti xabariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar yana bir necha kun davomida kuzatiladi. Frans Press ma’lumotlariga ko‘ra, davlatdagi minglab qishloqlar suv ostida qolgan.
"Vaziyat bugun va ertaga ancha yomon holatda bo‘ladi. Kuchli yomg‘irlar yog‘ishda davom etadi", - deya departament vakillarining so‘zlarini keltiradi agentlik.
Tailand IIV ma’lumotlariga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida 700 mingdan ziyod kishi jabrlangan. Agentlikning ta’kidlashicha, tabiiy ofat sabab poezdlar va aviaparvozlar qatnovi bekor qilinmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar dam olish kunlari to‘xtashi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi