17 fevral kuni kechqurun Rossiya tarkibiga kiruvchi Buryatiya Respublikasining Sagan-Morin qishlog‘idagi uylardan birida uch yashar qizchaning jasadi topildi, deya xabar bermoqda «Vesti.ru». Uning ko‘ksida o‘tochar qurol bilan etkazilgan jarohat bo‘lgan.
Fojia ikki nevarasi bilan yashovchi pensionerning uyida sodir bo‘lgan. Qariya ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan bo‘lib, nevaralariga e’tiborsiz bo‘lgan. Bolalar qarovsiz qolib, oshxonada o‘ynayotgan vaqtida 5 yoshli bola sovitgich orqasidan ov miltig‘ini topib olgan va singlisiga qaratib, tepkini bosgan. O‘q qizchaning ko‘kragiga tekkan va u shu zahotiyoq vafot etgan.
Jasadni pensionerning qo‘shnisi ko‘rib qolgan va huquqni himoya qilish organlariga xabar bergan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi