O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev «Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda "Diydoraziz" sayti xabar berdi.
Endilikda:
— savdo avtomatlari orqali;
— bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimentiga kiruvchi boshqa tovarlarni imitasiya qiluvchi (shularga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa) alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, savdo qilinayotgan joylarda yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga uni sotishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sog‘lig‘iga zararli ta’siri to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lmagan hollarda;
alkogolli mahsulotlarning tarasida alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish inson sog‘lig‘iga zararli ta’sir qilishi to‘g‘risida matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lmagan hollarda ham ularni sotish mumkin bo‘lmaydi.
Yana bir qo‘shimchaga ko‘ra, «Alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilayotgan sotuvchi yigirma yoshdan kichikroq ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogolli mahsulot sotishni rad etishi shart» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi