«O‘zbeknavo» estrada birlashmasining maxsus ruxsatnoma (lisenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bugungi kunda lisenziyasi yo‘q san’atkorlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar berdi.
— Biror mashhur san’atkorning lisenziyasi tugatilsa, bu haqda «O‘zbeknavo» saytida axborot beriladi, biroq lisenziya qaytarilgani haqida axborot berilganini deyarli kuzatmaymiz. Nega shunday?
— Lisenziya amal qilish muddati tugagani yoki boshqa sabab bilan tugatilgani haqida e’lon berishdan maqsad — ularning lisenziyasiz konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishining, turli tadbirlarga jalb qilinishining oldini olishdir. Lisenziya qaytarilgani haqidagi axborotga kelsak, bugungi kunda har qanday san’atkor bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalari orqali barchaga ma’lum qilishi mumkin.
— Hozirda «O‘zbeknavo» kimlarning lisenziyasi amal qilishini to‘xtatib qo‘ygan?
— Bugungi kunda Sitora Farmonova, Sarvar va Komil («Benom» guruhi), Tamila va Zamirning lisenziyasi amal qilishi vaqtincha to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...