Aktrisa Shahzoda Muhammedova aktyor Azamat Ahrorov bilan to‘yi bekor qilingani sabablarini ma’lum qildi.
Aktrisa Shahzoda Muhammedova va yosh aktyor Azamat Ahrorov o‘rtasidagi munosabatlar bir necha oylardan buyon muhokamalarga sabab bo‘lib kelayotgani hech kimga sir emas. Avvaliga ular munosabatlarini yashirishga urunishdi, keyin esa Azamat Ahrorov Shahzoda Muhammedovaning qo‘lini so‘ragani, sovg‘a-salomlar bilan unga turmush qurish taklifini bergani ma’lum bo‘ldi.
O‘shanda aktrisa Azamatning taklifini hali o‘ylab ko‘rmagani, kimga turmushga chiqishini o‘zi emas, balki oila a’zolari hal qilishini aytgandi.
Ko‘p o‘tmay, u Azamat Ahrorov sovchi qo‘ygani va unga turmushga chiqishga rozilik bildirganini, to‘y kuni kattalar o‘zaro kelishib olishgach, ma’lum bo‘lishini aytdi. Bu orada ikki sevishgan Xitoyga ham ham safar qilishgandi.
Saytimizning ishonchli manbalaridan biri aktrisa Shahzoda Muhammedova va aktyor Azamat Ahrorovning munosabatlari yakun topgani, to‘y qoldirilgani haqida xabar berdi. Bu xabarga oydinlik kiritish istagida biz yana aktrisa bilan bog‘landik.
“Azamat aka bilan hali unashtirilmagan edik. Men ularni kino olamida yaxshi aktyor, yaxshi partnyor, yaxshi rejissyor sifatida hurmat qilaman.
Biz hamkorlikda 2 filmda suratga tushganmiz. Real hayotda esa Olloh taqdir qilmadi chog‘i, munosabatlarimiz yakun topdi. Biz bir-birimizga, oilalarimiz esa oilalarimizga to‘g‘ri kelmadi. Bunda atrofdagilarning ham hissasi katta. Meni ularga, ularni menga yomonlashdan charchashmadi.
Nazarimda, bizga ko‘z tegdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, biz yaqin do‘st bo‘lib qolamiz. Balki hammasi yaxshilikkadir. Nasib qilsa, hali yana ko‘plab filmlarda birga suratga tushamiz”, deydi Shahzoda Muhammedova. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi