Xonanda va aktrisa Munisa Rizaeva o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i qanday bo‘lishi kerakligi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda «Bekajon» gazetasiga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘im oddiy ishda ishlasa-da kelgusida ro‘zg‘or aravasini tortib ketadigan, birovga qaram bo‘lmaydigan, aqli-hushi joyida bo‘lishi kerak, dedi xonanda. Otasining erkatoyi bo‘lib, bor pulini ko‘chaga sarflab yursa, oilam demasa, undan qanday qilib oilaboshi chiqadi? Agar uyim-joyim deydigan, oilaning kam-ko‘stini badastir qilib qo‘yadigan yigit bo‘lsa, menga san’atni tashla desa, tashlayman!
Ayrim xonandalar bilan gaplashib qolsam, oylab bolalarimni ko‘rmayman, deydi. Bu qanaqasi axir?! Daxshat! Men bunday bo‘lishini xohlamasdim. Ona bolalarining yonida bo‘lishi kerak! Yo‘q, men bolalarimni ko‘rmasdan yashay olmasam kerak». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi