Samarqand viloyatida yangi erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida yangi erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi. O‘zbekiston Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoyev viloyat bo‘ylab tashrifi chog‘ida ushbu taklifni bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda "gazeta.uz" nashri.
Urgut tumanida tashkil qilingan sanoat zonasi 42 gektar maydonni egallagan bo‘lib, bugungi kunda mazkur hududda 40 sanoat korxonasi, jumladan, 19 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1 ming 200 ga yaqin kishi mehnat qilmoqda.
O‘tgan yili sanoat zonasida qiymati 157,5 milliard so‘mlik 20 turdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, eksport hajmi 10 million AQSh dollaridan oshdi.
Xususan, bu erda mahalliy xomashyodan gilam va gilam mahsulotlari, sintetik tola, elektr duxovkalar, gaz plitalari, bir marta ishlatiladigan plastik idishlar, polimer elim va boshqa mahsulotlar tayyorlanmoqda.
2017 yilda tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yana 78 loyihani amalga oshirish va 3 ming 400 ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi