AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Gollivudning mashhur aktyori Silvestr Stalloneni o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi. Bu haqda "Kun.uz" nashri xabar bermoqda. Tramp aktyorni AQShning san’atni qo‘llab-quvvatlash milliy jamg‘armasi rahbari lavozimiga tayinlamoqchi.
Tramp hozircha aktyorga rasmiy taklif bildirmagan, biroq nashrning fikricha, Stallone bunga ijobiy munosabat bildiradi.
Tramp shtabidagi manbalar Fox News telekompaniyasiga Stallone borasida rasmiy qaror qabul qilinmaganini aytganlar. Biroq Tramp Stallone haqida "juda yaxshi fikrda" va ular anchadan beri do‘st tutinganlar.
San’atni qo‘llab-quvvatlash milliy jamg‘armasi AQShda 1965 yilda san’at sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi