O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari va Soliq, valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti vakillari soxta hujjatlarni sotish bilan shug‘ullangan firibgar ayollarni qo‘lga olishdi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi "Qizil Qaqir" qishloq fuqarolari yig‘inida yashovchi 50 yoshli tadbirkor Marhabo Baratova qalbaki hujjatlar sotish bilan shug‘ullangan.
"Tezkor xodimlar Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida yashovchi ayolning arizasiga asoslanib, Baratovani 4 ming dollar olayotganida qo‘lga oldilar. Firibgar ayol bu pullarga oliy ta’lim muassasasini bitirganlik haqida 2 ta soxta diplomni sotmoqchi bo‘lgan", deb aytildi xabarda.
Tergov davomida ayol Bag‘dod tumani Qo‘shtegirmon qishlog‘ida yashovchi N.Kenjaeva bilan Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalarini bitirganlik haqida diplomlarga ega bo‘lgan uch kishiga O‘zbekistonda ularning bu diplomlari nostrifikasiyadan o‘tgani (xorijiy hujjatlarning tan olinishi) haqidagi qalbaki ma’lumotnoma sotganlar. Ayollar bu "xizmatlari" uchun 3 ming dollar olganlar, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Ushbu holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi