13:43 / 25.04.2024
269

Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi
35 yoshli rassom va model Aliya Nasirova dunyodagi eng uzun sochlar egasi sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda “Obozrevatel.com” nashri xabar bermoqda.

Foto: “Obozrevatel”
Ukrainalik “Rapunsel” sochining uzunligi 2 m 57 sm va 3 mm. Aliyaning sochlari uning bo‘yidan deyarli bir metr uzunroq. U hech qachon sochlarini qisqartirmagan, faqat bir oz uchini tekislash va sog‘lom ko‘rinishini saqlash uchun 1 santimetrdan kesib turgan. Aliyaning fikricha, uning bu ishi insonlarga tabiiy go‘zallikni sevishni o‘rgatadi:

"Mening hikoyam insonlarni tabiiy go‘zallikka mehr qo‘yishga undaydi, deb umid qilaman. Chunki men rassom va modelman. Har bir inson o‘zgacha go‘zallik sohibi ekanligiga ishonaman. Garchi u boshqalardan ajralib tursa ham", — deydi Nasirova.

Foto: “Obozrevatel”

Foto:“Obozrevatel”
Aliya sochlarini kesmasligiga uning buvisi va onasi turtki bo‘lgan — ularning ham sochlari uzun bo‘lgan. Shuningdek, u bolaligida Disney multqahramoni Rapunselni sevib tomosha qilgan va unga o‘xshashni juda istagan.

Aliya soch parvarishiga juda ko‘p vaqt ajratadi va bu murakkab jarayon bo‘lganligi sababli boshini haftada bir marotaba yuvadi. Uning sochlari to‘liq qurishi uchun taxminan bir sutka vaqt ketadi, chunki Aliya fendan foydalanishni istamaydi.

Foto: “Obozrevatel”
"Sochlarimni parvarish qilishda bir nechta oddiy qoidalarga amal qilaman: men ularni bo‘yamayman, faqat tabiiy mahsulotlardan foydalanaman va kamdan-kam holatda xina qo‘yaman. Sochlarimga tabiiy niqoblar va yog‘lar surtaman, ularni albatta o‘zim tayyorlayman. Hech qachon nam sochlarni taramayman va fendan foydalanmayman. Muntazam soch uchlarini kesib turaman va sog‘lom turmush tarziga amal qilaman. Alkogolli ichimliklarni iste’mol qilmayman va dengizga yoki okeanga borib turaman", — deya o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi Aliya Nasirova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi