18:35 / 09.10.2016
6 600

O‘zbekiston – Xitoy. Ertaga o‘yinoldi matbuot anjumani

O‘zbekiston – Xitoy. Ertaga o‘yinoldi matbuot anjumani

Ertaga, 10 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida Xitoyga qarshi bo‘ladigan bahs oldidan o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etiladi. Bu haqda “Championat.asia” xabar berdi.

Soat 17:00da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.

Shundan so‘ng 17:30da O‘zbekiston terma jamoasining rasmiy mashg‘uloti start oladi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq bo‘ladi.

Soat 18:00da Xitoy bosh murabbiyi Gao Xongbo va etakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatdi. 18:30dan mehmonlarimizning rasmiy o‘yinoldi mashg‘uloti boshlanadi. Dastlabki 15 daqiqani OAV kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

10 oktyabr kuni soat 10:00dan 12:30gacha OAV vakillariga O‘FF majlislar zalida ushbu uchrashuv uchun maxsus mediachipta tarqatiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Xitoy o‘yini 11 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston – Xitoy. Ertaga o‘yinoldi matbuot anjumani