Linux Ubuntu dasturini etkazib berishga ixtisoslashgan Canonical kompaniyasi AQSh va Evropa mamlakatlarida Dell XPS 13 modelidagi ultrabuk savdolari boshlangani to‘g‘risida xabar berdi. Mazkur ultrabuk Ubuntu 16.04 LTS operasion tizimida ishlaydi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Dell XPS 13 modeliga ettinchi avlod Intel Core (Kaby Lake arxitekturasida) prosessori o‘rnatilgan bo‘lib, avtonom ishlash samaradorligi bir necha barobarga oshgan. Bundan tashqari, ultrabukning “pushti tilla” rangli varianti ham tayyorlangan, qurilma Thunderbolt 3 porti va takomillashgan Wi-Fi moduli bilan jihozlangan.
Full HD aniqligidagi ekran o‘rnatilgan ultrabuk versiyasida avtonom ishlash vaqti 22 soatga etadi, QHD variantida esa bu ko‘rsatkich 13 soatni tashkil qiladi.
Modelning Full HD displeyli, Intel Core i5 prosessori o‘rnatilgan, 8 GB tezkor va 128 GB SSD xotira o‘rnatilgan versiyasi 949,99 dollar narxida hozircha AQSh va Evropa mamlakatlarida sotuvga chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...