Nisbatan hamyonbop narx, kuchli ishlash samaradorligi va foydalanishdagi qulaylik tufayli Google Chromebook noutbuklari talabalar orasida yaxshi ommalashib bormoqda. Yaqinda qidiruv gigantining xalqaro o‘qituvchilar kuniga bag‘ishlab yozgan blogida, dunyo bo‘ylab 20 mln talaba Chromebook gadjetlaridan foydalanishi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
So‘nggi 12 oy mobaynida Google kuchli marketing tufayli Chromebook noutbuklarining sotuvini sezilarli darajada oshirishga erishdi. O‘tgan yili Google 10 mln dona Chromebook sotishga muvaffaq bo‘lgan edi, xolos. Ko‘rib turganingizdek, bu yil kompaniya ushbu gadjet savdolarini ikki baravarga oshirgan. Bu ko‘rsatkich esa, shubhasiz, qidiruv gigantining ta’lim sektoridagi ulushini bir qadar mustahkamlashga hissa qo‘shgan.
Global Market agentligi taqdim etgan prognozga ko‘ra, 2023 yilga borib Google Chromebook sotuvlari bir yilga 17 mln donani tashkil qilishi mumkin ekan.
Shuningdek, mazkur blogda Google o‘qituvchilar orasida tajriba almashishga xizmat qiladigan “Education on Air” dasturini ham e’lon qilgan. Ushbu onlayn konferensiyada o‘tgan yili jahon bo‘ylab 50 mingdan ortiq o‘qituvchilar turli mavzulardagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishgan.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi