Terabayt.uz nashri yozishicha, 2016 yil 3 choragida jahon bo‘ylab jami 2,7 mln dona smart-soat sotuvga chiqarilgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51,6 foizga kamdir (2015 yilning 3 choragida jami 5,6 mln dona smart-soat sotuvga chiqarilgan edi).
Ushbu segmentda haligacha AQShning Apple kompaniyasi yaqqol etakchilik qilib kelmoqda. Shunga qaramasdan uning bu yilgi savdo ko‘rsatkichlari 71,6 foizga tushib ketgan (savdolar 3,9 milliondan 1,1 milliongacha kamaygan). Tahlilchilarning fikricha, so‘nggi chorakda taqdim etilgan yangi qurilmalar hisobiga 2016 yilning 4 choragida smart-soatlarning sotuvlari o‘sishi mumkin.
Smart-soatlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha Garmin, Samsung, Lenovo va Pebble ro‘yxatning yuqori pog‘onalaridan joy olgan. Eng qizig‘i, Garmin kompaniyasi keskin o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd qilib, Janubiy Koreyaning Samsung firmasidan o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi
Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum?
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi