Maltalik Evroparlament deputati Mariya Missi O‘zbekiston Prezidenti saylovida qonun buzilishlari yuz bermaganini bildirdi va mahalliy saylov qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlaridan hayratda ekanligini aytdi.
O‘zbekistonda Prezident saylovi yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Deputatning aytishicha, u saylovlarni kuzatish uchun hech qanday missiya tarkibida emas, balki o‘z shaxsiy tashabbusi bilan kelgan. «Men sakkizta saylov uchastkasida bo‘ldim, komissiya xodimlari va kuzatuvchilar bilan suhbatlashdim. Aytishim mumkinki, hamma narsa to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Tashkiliy ishlar a’lo darajada, saylov qo‘mitasi a’zolari chin dildan hamkorlik qilishdi, tanqidga asos yo‘q», — dedi Missi RIA Novostiga bergan intervyusida.
U saylov uchastkalarida saylovchilarning farzandlari uchun tashkil etilgan bolalar va shifokorlar xonalaridan hayratda ekanligini bildirdi. «Hammasi puxta o‘ylangan», — deydi evrodeputat.
«Meni hayron qoldirgan yana bir narsa uchastkalarda partiya kuzatuvchilarining saylovni kuzatishlari bo‘ldi. Gap shundaki, Maltada kuzatuvchilar uchastkadan tashqarida 50 metr narida bo‘lishlari lozim. Lekin ular hatto saylov kuni ham tashviqot o‘tkazishlari mumkin… To‘g‘ri, har bir davlatning, hattoki EIdagi davlatlarning ham o‘z saylov qonunchiligi mavjud. Asosiysi, qonunlarga rioya qilinishi», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi