20:00 / 23.04.2024
1 193

Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»

Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Agar Isroil kuchlari Eronga bostirib kirsa, «vaziyat boshqacha bo‘ladi va yahudiy rejimidan deyarli hech narsa qolmaydi», dedi Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy.

Eron prezidenti Isroil hukumatini yahudiy davlati tomonidan hujumga uchragan taqdirda kuchli harbiy javob berish bilan tahdid qildi.

Agar Isroil qo‘shinlari Eron hududiga bostirib kirsa, «vaziyat boshqacha bo‘ladi, bu rejimdan deyarli hech narsa qolmaydi», degan Raisiy.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron harbiylari Isroilning Damashqdagi Eron konsulligini o‘qqa tutishiga javoban uchuvchisiz samolyotlar va raketalardan o‘qqa tutdi. Isroil hujum deyarli to‘liq qaytarilganini e’lon qildi.

Keyinroq, o‘z navbatida Isroil Eronning Isfahon hududini o‘qqa tutdi. Bu zarbalar ham jiddiy talofatga olib kelmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»