Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhi ishtirokchisi Yunusobod bozoridagi ayrim sotuvchilar sotayotgan qirmizi kartoshkaning kelib chiqishi sirini fosh etdi, deb yozadi Daryo nashri.
«Bozorda aylanib yursam, sotuvchi kartoshkasini qirmizi lavlagi bilan artib o‘tiribdi. «Nima qilyapsiz, aka?», – deb so‘rasam: «Qizil kartoshka qilyapman!», – dedi», – deb yozadi Facebook foydalanuvchisi.
Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, oddiy kartoshka bir siqim lavlagi yordami «qirmizi»ga aylantiriladi, qirmizi kartoshka esa oddiysidan ko‘ra qimmatroq sotiladi.
«Shunday ekan, qirmizi kartoshka sotib olayotganingizda barmog‘ingiz bilan – rang o‘tadimi-yo‘qmi, bilish uchun – yaxshilab artib ko‘ring», – deyiladi Potrebiteli.uz saytida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi