Yangi Zelandiyadagi zilzila sababli okean tubining bir qismi quruqlikka aylanib qoldi. Ba’zi joylarda sohil chizig‘i 5,5 metrga ko‘tarilgan, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Yangi Zelandiyadagi zilzilalar 13 noyabrda boshlanib, bir kun davom etgan va katta hududni qamrab olgan. Zilzila markazi Kraystcherch shahridan shimoli-sharqiy tomonda bo‘lgan, 7, 8 magnitudali eng kuchli zilzila esa 180 km uzoqlikda, Kaikour shahrida qayd qilingan.
Zilzila oqibatlaridan biri Kaikour yaqinidagi tektonik plitalarning jiddiy surilishi bo‘ldi: okean tubining katta qismi quruqlikka aylanib, Papatea ko‘rfazining bir qismini okeandan ajratib qo‘ydi. O‘rta miqdorda sohil chizig‘i 2 metrga ko‘tarilgan, biroq ba’zi joylar 5 metr balandlikka etadi, chunki plita vertikal emas, balki burchak ostida ko‘tarilgan. Birdan quruqlikka aylangan okean tubida suv o‘tlari, o‘lgan baliqlar va krablar qolgan.
Kraystcherch hududidagi avvalgi zilzila Yangi Zelandiyaning butun tarixidagi eng kuchlilaridan biri hisoblanadi: o‘shanda 185 kishi halok bo‘lgandi. Joriy zilzilalar esa undan ham kuchli bo‘ldi, biroq zilzila markazi kimsasiz joyda bo‘lgani sababli qurbonlar soni ancha kam bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, zilzila oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va bir necha o‘n kishi jarohat olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi