Rossiya hukumati 2017 yilda xorijiy ishchilarni jalb qilishdagi ehtiyoj miqdorini aniqladi. U joriy yildagi talabning 82,7 foizini tashkil etgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
“Federasiya sub’ektlari takliflari asosida 2017 yildagi xorijiy ishchilarni jalb qilish ehtiyoji aniqlandi. Bu – 177 043 kishi bo‘lib, 2016 yildagi talabning 82,7 foizni tashkil etadi”, - deyiladi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangan hujjatda.
Ta’kidlanishicha, qabul qilingan qarorlar ish beruvchilarning malakali xorijiy ishchilarga bo‘lgan talabini qondirish va investision loyihalarni amalga oshirish, jumladan Rossiyada futbol bo‘yicha 2017 yilgi konfederasiyalar Kubogi va 2018 yilgi Jahon chempionati bahslarini o‘tkazishda ko‘mak beradi.
Ma’lumot uchun, mamlakat vazirlar mahkamasi noyabrda 2017 yilda vaqtinchalik yashash uchun kvotalar hajmini 15 mingga qisqartirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi