Ijtimoiy tarmoqlarda eski haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagisiga almashtirish tartibi o‘zgarganligi, ushbu jarayon murakkablashganligi haqida ma’lumot tarqaldi. Biz masalaga oydinlik kiritish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi bilan bog‘landik va quyidagi mazmunda javob oldik.
— Haqiqatan ham, Hukumatning 2018 yil 31 maydagi 408-son qaroriga asosan avvalgi hujjatlar ro‘yxati (pasport, haydovchilik guvohnomasi hamda talon)ga qo‘shimcha ikkita hujjat — tibbiy ma’lumotnoma hamda imtihon varaqasi qo‘shildi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son qaroriga ko‘ra, haydovchilik guvohnomalarini almashtirishni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartib 2020 yil 31 dekabriga qadar amalda.
Adliya vazirligi yagona davlat huquqiy siyosatini yuritishga vakolatli organ sifatida Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlarida va IIV tuzilmalarida haydovchilik guvohnomalarini yangi turdagisiga almashtirish avvalgi tartibga asosan amalga oshirilishi haqida tushuntirish bermoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi