Ko‘pchilik tvorog sog‘liqqa o‘ta foydali mahsulot deb hisoblaydi, lekin aslida uni ko‘p iste’mol qilish maqsadga muvofiq emas, deydi diyetolog Mixail Ginzburg. U Sputnik radiosiga bergan intervyusida mashhur sut mahsulotining zarari haqida ogohlantirdi.
Ginzburgning ta’kidlashicha, tvorog massasida odatda ko‘p shakar, shuningdek, trans yog‘lari mavjud. Ingrediyentlarning bu kombinatsiyasi, shifokorning fikriga ko‘ra, tvorogning deyarli barcha foydali xususiyatlarini yo‘qqa chiqaradi. Uning aniqlik kiritishicha, oddiy tvorog bir qator kasalliklar rivojlanishidan himoya qilsa, yog‘li va shirin tvorog massasi diabet, semirish va ateroskleroz xavfini oshiradi.
Diyetologning ta’kidlashicha, bir necha qoshiq tvorog massasi sog‘lom odamlarga zarar etkazmaydi, ammo semizlik va gipertenziya uchun ushbu mahsulotdan foydalanish xatodir. Shuningdek, u bolalarga shirin tvorog bermaslikni maslahat berdi, chunki bu noto‘g‘ri ovqatlanish odatlari paydo qilishi va shirin taomlarga bo‘lgan ishtiyoqni keltirib chiqarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi