Bir vaqtlar “kopeyka” nomi bilan mashhur bo‘lgan va sobiq ittifoqda eng ko‘p sotilgan mashinalar qatoridan joy olgan VAZ 2101 modeli yangi ko‘rinishda avtomobil bozoriga qaytmoqda. Albatta, mashina sovet davridagi turdoshiga umuman o‘xshamaydi, aksincha u ko‘proq Amerikaning qimmat sportkarlarini qaysidir ma’noda takrorlaydi.
Dizaynerlar Amerika sportkarlaridan ilhom olishgan ko‘rinadi. Yangi 2101 tashqi jihatidan Ford Mustang va Chevrolet Camaro sportkarlarining ajoyib uyg‘unlashuvi deyish mumkin.
Uning texnik tavsiflari borasida ham ko‘p narsa ma’lum emas. Mashinaga 2.0 litrli kuchaytirilgan, 200 ot kuchiga ega motor o‘rnatiladi. Ishlab chiqaruvchilar yoqilg‘i sarfi 100 kmga 6 litr bo‘lishini va’da qilishmoqda, deb yozadi Kun nashri.
Mashina 2017 yil oxiridan savdo chiqishi kutilayapti. Uning qancha turishi ham e’lon qilingani yo‘q.
VAZ 2101 sedani 1970 yil aprelidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning turli namunalari hisobga olinganda jami 4,85 mln dona ishlab chiqilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi