GM Uzbekistan alyansi O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi ishlab chiqarish quvvatida Chevrolet Orlando rusumli avtomobilni ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar qilmoqda.
Unga ko‘ra, “General Motors kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, Chevrolet Orlando avtomobilini GM Uzbekistan AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish 2018 yilning birinchi choragida yakunlanadi.
Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi”, - deya ta’kidlanadi.
Shu bilan birga, ma’lum qilinishicha, avval qabul qilingan buyurtmalar bo‘yicha avtomobillar yetkazib beriladi.
“GM Uzbekistan AJ dilerlik korxonalari bilan birgalikda Chevrolet Orlando rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi