Rus imperatori Nikolay II’ga tegishli Rolls-Royce sotuvga qo‘yildi

  • 26 yanvar 2018, 23:39
  • 5 150
  • Avto
  • Rus imperatori Nikolay II’ga tegishli Rolls-Royce sotuvga qo‘yildi
    “Avto.ru” saytida 1914 yilda ishlab chiqarilgan Rolls-Royce Silver Ghost (40/50 hp) mashinasi sotilishi haqidagi e’lon paydo bo‘ldi, deb yozadi Kun nashri. Mashina egasining aytishicha, hozirda Germaniyada saqlanayotgan avtomobil o‘z vaqtida so‘nggi rus imperatori Nikolay II’ga tegishli bo‘lgan. Qadimiy mashina 278 mln rublga (4,5 mln dollar atrofida) baholangan.

    Rolls-Royce 40/50 hp 1913 yil Sankt-Peterburgdagi xalqaro avtomobil ko‘rgazmasida taqdim qilingan. Rossiya imperatori buyurtmasiga ko‘ra avtomobilni yaratish bilan Kellner et ses fils kuzov atelesi shug‘ullangan.

    Mashinaning jihozlari orasiga elektr chiroqlar, yumshoq o‘rindiqlar, gullar uchun vaza, kuldonlar va telefon kirgan. Mashinaga 50 ot kuchiga ega 7,4 litrli dvigatel o‘rnatilgan. Mashina massasi 1971 kg.ni tashkil qilgan. Avtomobil 100 km yo‘lga 17,5 litr yonilg‘i va bir litr moy sarflagan. Mashinaning maksimal tezligi 117 km/soatni tashkil qilgan.

    Nikolay II o‘limidan keyin avtomobil egasi mashinani Las-Vegasdagi kazinoga tomoshaga qo‘ygan. Shundan keyin mashina qayta sotilib, Germaniyadagi bunkerga yashirib qo‘yilgan. Mashina u yerda tasodifan topilgan.

    Shu avtomobil 2013 yilda ham sotuvga qo‘yilgan. O‘shanda unga 5,5 mln yevro (383 mln rubl) so‘ralgan.

    Rus imperatorining garajida Silver Ghost’dan tashqari, Renault 40HP, Peugeot Bebe, Delaunay-Belleville va Benz 16/40PS modellaridagi mashinalar bo‘lgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rus imperatori Nikolay II’ga tegishli Rolls-Royce sotuvga qo‘yildi