Surxondaryoda Lacetti ariqqa quladi. 4 yo‘lovchi halok bo‘ldi

  • 22-02-2018, 08:01
  • 2 463
  • Avto
  • Surxondaryoda Lacetti ariqqa quladi. 4 yo‘lovchi halok bo‘ldi
    Surxondaryo viloyatida 20 fevral, seshanba kuni ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib Daryo xabar berdi.

    Shu kuni soat 07.10 da Jarqo‘rg‘on tumanida T.Shamatov Lacetti rusumli avtomobilini O‘rikli mahallasi hududidan o‘tuvchi “Bishkek-Dushanbe-Termiz” yo‘lining 1553-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmadi va yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketdi.

    Hodisa oqibatida T.Shamatov jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Avtomobil yo‘lovchilari Z.Mardonova, D.Jo‘rayev, M.Abduxayirova va T.Eshmirzayeva voqea joyida halok bo‘ldi.

    » » Surxondaryoda Lacetti ariqqa quladi. 4 yo‘lovchi halok bo‘ldi