General Motors avtomobil korporatsiyasi hamda “O‘zavtosanoat” O‘zbekistondagi ikkita avtozavoddagi amerikaliklarning ulushlarini sotish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda Sarzone.uz sayti xabar qildi.
Gap Asaka avtomobil zavodi va Toshkentdagi GM Powertrain Uzbekistan dvigatellar zavodi haqida ketmoqda.
“O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov payshanba kuni Asaka avtozavodidagi Amerika korporatsiyasining barcha ulushini yilning oxirigacha sotib olish rejasini ma’lum qildi. Shuningdek, GM Powertrain Uzbekistan zavodidagi amerikaliklarning 70 foizdan ortiq aksiyasini xarid qilish bo‘yicha ham muzokara olib borilmoqda.
Shunga qaramasdan o‘zbek zavodlariga AQSH kompaniyasi texnik ko‘mak ko‘rsatib turadi. Chevrolet brendi ostida avtomobil ishlab chiqarish ham davom etadi.
General Motors va “O‘zavtosanoat” AK hamkorligidagi GM Uzbekistan avtokorxonasi 2008 yilning mart oyida tashkil etilgan. O‘sha vaqtda aksiyalarning 75 foizi O‘zbekistonga, 25 foizi AQSH kompaniyasiga tegishli edi.
Hozir Asakadagi avtozavodda 8 mingdan ziyod odam ishlaydi. Zavod maydoni 72 ga. Yiliga 250 ming avtomobil ishlab chiqaradi. Yaqin yillarda Tracker yo‘ltanlamasi va Cobaltning takomillashtirilgan rusumini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi